Syurixda Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi davlatlari futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) prezidenti Alfredo Xavit hibsga olindi. Bu haqda New York Times muxbiri Sem Borden Twitter'dagi mikroblogida ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Shveysariya politsiyasi shu kunlarda Syurixda bo‘lib o‘tayotgan FIFA ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi davomida mazkur tashkilot mansabdorlari orasida yana hibsga olishlarni boshladi. Bu jarayonning tashabbuskori AQSh rasmiylari bo‘lgani va FIFAdagi korrupsiya ishi doirasida amalga oshirilayotgani bildirilmoqda.
3-dekabr, payshanba kuni tongdan boshlangan politsiya operatsiyasi may oyida FIFAning bir necha yuqori darajali mansabdorlari qamoqqa olingan mehmonxonada o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)