Madam Tyusso muzeyida Mayk Taysonning mumdan ishlangan nusxasi paydo bo‘ldi. Tayson haykal taqdimotiga oilasi bilan birga tashrif buyurdi va o‘zining nusxasi oldida maroq bilan suratga tushdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Nusxa salkam yarim yil davomida tayyorlandi, buning uchun Taysonning suratlari va videosi o‘rganilib, minglab o‘lchamlar olindi. Haykal ko‘rinishiga asos sifatida esa bokschi ikkinchi darajali rollardan birini ijro etgan “Vegasdagi ulfatchilik” filmi tanlandi.
Bokschi ko‘z qiyig‘i va rangini shaxsan tanladi. Natija esa, Taysonning ma’lum qilishicha, u kutgandan ham a’lo bo‘ldi: u haykal o‘ziga shunchalik o‘xshash bo‘lishini kutmaganligini yashirmadi.
Izoh (0)