50 kishidan ortiq shtatga ega bo‘lgan Yaponiya kompaniyalarining xodimlari yilda bir marta ruhiy holatini tekshiruvdan o‘tkazishi kerak. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, bunga tushkunlik va ruhiy zo‘riqish oqibatida yuzaga keluvchi kasalliklarning avj olishi sabab bo‘lgan. O‘tkazilgan test natijalaridan ish beruvchilar xabardor qilinmaydi.
O‘tgan moliyaviy yil davomida taxminan 500 kishi og‘ir mehnat oqibatida duch kelgan ruhiy tushkunlik uchun ish beruvchilardan tovon puli undirib olishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)