AQSh prezidenti Barak Obama matbuot anjumanidagi chiqishi chog‘ida Turkiya rasmiylarini Suriya bilan chegaradagi “darchalar”ni yopishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Obamaning aytishicha, turk tomonining sa’y-harakatlariga qaramay, ikki mamlakat o‘rtasidagi chegarada IShID yangi jangchilarni yollashi va neft sotishi uchun “darchalar” qolmoqda.
AQSh rahbari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan bu muammo yuzasidan ko‘p bor muzokaralar olib borganini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)