Reuters agentligi bergan xabarga ko‘ra, Turkiya rasmiylari Istanbuldagi metro stansiyasida bomba portlaganini tasdiqladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida jabrlanganlar soni besh kishiga yetgan. Oldinroq bir kishining halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Portlash Bayramposhsho tumani hududida sodir bo‘lgan. Hodisa yuz bergan hududda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, chor-atrof o‘rab olingan. Piyodalar va avtomobil harakati to‘xtatilgan.
Izoh (0)