Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg va uning turmush o‘rtog‘i Pristsilla Chan qizli bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Qizimiz Maks dunyoga kelgani munosabati bilan Pristsilla va men juda baxtiyormiz”, — deb yozdi Sukerberg Facebook’dagi sahifasida.
Mark Sukerberg va Pristsilla Chan qiziga maktub yozib, unda qizaloq voyaga yetishi umid qilinayotgan olam haqida hikoya qiladi.
Priscilla and I are so happy to welcome our daughter Max into this world!For her birth, we wrote a letter to her about...Posted by Mark Zuckerberg on 1 декабря 2015 г.
Sukerbergning ma’lum qilishicha, u va uning turmush o‘rtog‘i jahondagi barcha bolalar uchun shunday olamni qurishda yordam berish uchun kichik hissa qo‘shadi. “Biz Facebook’dagi aksiyalarimizning 99 foizini — hozirgi vaqtda ularning qiymati 45 milliard dollarga teng — hayotimiz davomida bu olamni keyingi avlodlar uchun yanada yaxshilash uchun yo‘naltiramiz”, — deb yozdi Mark Sukerberg.
Izoh (0)