Onasi sakkizinchi qavatdagi derazadan akasi bilan birga tashlab yuborgan ikkinchi bola ham Irkutsk shifoxonasida vafot etdi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
“To‘rt yoshda bo‘lgan ikkinchi bola Ivano-Matryoninsk bolalar klinik shifoxonasida vafot etdi”, ― deya xabar berdi mahalliy hukumat matbuot xizmati.
32 yoshli ayolning o‘z uyining derazasidan farzandlarini tashlab yuborib, keyin o‘zi ham sakraganligi to‘g‘risidagi xabarni Ichki ishlar vazirligining hududiy boshqarmasi 27-noyabrda ma’lum qilgan.
Ayol voqea sodir bo‘lgan joyda vafot etdi. Uning bolalari zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan bo‘lishiga qaramasdan, tez orada ulardan biri reanimatsiyada vafot etdi.
Rossiya tergov qo‘mitasi mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Idoraning ta’kidlashicha, oila tinch-xotirjam hisoblangan. Shuningdek, ayolning psixonevrologik klinikada ro‘yxatda turmaganligi va uning aqliy nuqsoni bo‘lmaganligi ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)