AQShning Alyaska shtati poytaxti Juno shahrining meri o‘z uyida o‘lik holda topildi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
Politsiyaning bayonotiga ko‘ra, 70 yoshli Greg Fiskning jasadi noma’lum shaxs tomonidan topilgan. Politsiya tergov ishlarini olib bormoqda. Reuters agentligi xabar berishicha, taxminlarga ko‘ra, Fiskning o‘limi zo‘ravonlik bilan bog‘liq emas.
“Bu juda dahshatli. U ajoyib inson edi, biz uni sog‘inamiz”, ― dedi mer o‘rinbosari Meri Beker.
Fisk 2015-yilning oktabr oyida raqibi Merrill Sanfordni mag‘lub etib, shahar hokimi etib saylangan edi.
Juno shahrida 32 ming kishi istiqomat qiladi.
Izoh (0)