Boshqirdiston Respublikasining Neftekamsk shahrida 11 yoshli bola turar-joyning sakkizinchi qavatida joylashgan xonadon derazasidan pastga tushib ketdi, deya xabar bermoqda respublika tergov boshqarmasi.
Bola omon qoldi, shifokorlarning dastlabki xulosasiga ko‘ra, uning to‘piq suyagi singan.
Hodisa 30-noyabr kuni sodir bo‘lgan. O‘quvchi uyda singlisi bilan yolg‘iz bo‘lgan, ota-onasi ishga ketgan. Bola derazani ochib, tokchaga suyanib olgan va pastga qulagan. Yaxshiyam, u taxminan bir metrlik qor uyumi ustiga tushgan. Jabrlanuvchi kasalxonada yotibdi, shifokorlar uning holatini qoniqarli deya baholamoqda.
Izoh (0)