O‘zbekistonlik tennischi Vlada Yakshibarova Isroilning Tel-Aviv shahrida yakuniga yetgan turnirning juftliklar musobaqasi g‘olibasiga aylandi, deb xabar qiladi “Olamsport”.
Vlada mukofot jamg‘armasi 10 ming dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqaning juftliklar bahsida rossiyalik Olga Doroshina bilan birinchi raqamli juftlikni hosil qilgandi.
Doroshina va Yakshibarova bosh mukofot uchun kechgan bahsda uchinchi raqamli juftlik – amerikalik Aleksandra Morozova hamda chexiyalik Barbora Stefkovaga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda Vlada va Olga ortiqcha qiyinchiliksiz 6:2, 6:2 hisobida zafar quchib, bosh mukofotni qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)