Braziliya hukumati mamlakat janubi-sharqida to‘g‘onlar qazish uchun javobgar kompaniyalarga qarshi 20 milliard realga teng (5,2 milliard dollar) da’vo ariza kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “TASS” mamlakat atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Izabella Teysheyra ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Izabella Teysheyraning so‘zlariga qaraganda, olingan mablag‘ ekologik zararni qoplash hamda favqulodda holat oqibatida mol-mulki va ishidan ajralgan mahalliy aholiga moddiy yordam yetkazish uchun yo‘naltiriladi.
“Biz barcha to‘lovlar bir paytning o‘zida amalga oshirilishini talab qilmaymiz. Yo‘qotishlarni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Bizning vazifamiz salbiy oqibatlarning tarqalishining oldini olishdan iboratdir”, — deb ta’kidladi Teysheyra.
Izoh (0)