Toshkentning Sergeli tumanida tirbandlik vaqtida temiryo‘l kesishmasiga chiqib ketgan mashinalar sabab o‘nlab vagonlardan iborat poyezd sostavi to‘xtashga majbur bo‘ldi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirilgan.
“Bugun temiryo‘l kesishmasida poyezd keldi, kutib turib, bizni o‘tkazib yubordi. Hechqisi yo‘q, biz har safar kutamiz-ku, bir safar poyezd kuta qolsin”, — deb hazil aralash xabar qoldirgan fotosurat muallifi.
Surat ostida fikr bildirganlardan biri bu vaziyatga kinoya bilan yondashib: “Qaysidir yondosh olamda poyezdlar avtomobillar oqimining tugashini kutadi”, — deb fikr bildirgan.
Xabar muallifining qayd etishicha, bu holat yuzaga kelguniga qadar, temiryo‘l kesishmasi bir marta yopilib, ikki sostav o‘tkazib yuborilgan. “25 daqiqacha tirbandlikda turdik”, — deb yozadi surat muallifi.
Mazkur temiryo‘l kesishmasiga yaqin joyda istiqomat qiluvchi foydalanuvchilar bu kabi holatlar avval ham kuzatilganini bildirib o‘tgan.
Izoh (0)