“Daryo”da yangi doimiy rukn — har kuni eng muhim yangiliklarning kechki dayjesti berib boriladi.
1. Buxoroda aksilterror mashg‘ulotlari boshlandi. Ikki kunlik mashg‘ulotlar huquqni muhofaza qilish organlarining kutilmagan vaziyatlarga qay darajada tayyorligini tekshirish maqsadida o‘tkazildi.
2. Erdo‘g‘on Turkiya uchun xavf tug‘ilsa, samolyotlarni urib tushirishda davom etishini aytdi. Turkiya prezidenti kecha mamlakat harbiylari urib tushirilgan Su-24 Rossiyaniki ekanligini bilmagani haqida gapirgandi.
3. Qirg‘izistonning yangi tug‘ilgan 6 millioninchi fuqarosi turar-joy va depozit hisobiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, yubiley fuqaroning tug‘ilishi sabab poytaxt Bishkekda bir nechta ko‘chalar vaqtincha yopiladigan bo‘ldi.
4. Rossiya Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritmaydi. Bu haqda Putinning matbuot kotibi aytib o‘tdi. Lekin bu hali yakuniy fikr emas — hamma narsa bo‘lishi mumkin.
5. Qamchiq dovonida tabiat hodisalarini nazorat qilish tizimi ishga tushiriladi. Bu vodiy bilan bordi-keldi qiluvchilarning xavfsizligini ta’minlash darajasini yanada oshirishga qaratilgan juda yaxshi yangilik.
Izoh (0)