Rossiya Su-24 bombardimonchi samolyoti bilan bog‘liq hodisa tufayli Turkiya mahsulotlariga qandaydir maxsus cheklovlar kiritish niyati yo‘q. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Peskov so‘zlariga ko‘ra, Rossiya siyosiy vaziyat keskinlashuvi sababli Turkiya mahsulotlari ustidan nazoratni kuchaytiradi.
“Hech qanday embargo, shubhasiz joriy etilmaydi. Shu bilan birga, turli ekstremistik hodisalar xavfi oshib borishi bilan, tabiiyki, qo‘shimcha nazorat choralari ko‘riladi”, — dedi Peskov.
U, shuningdek, nazoratning kuchaytirilishi — “ayniqsa, ushbu holatda Turkiya xatti-harakatlarini oldindan aytib bo‘lmasligi tufayli”, tabiiy reaksiya ekanligini ta’kidladi.
Izoh (0)