O‘tgan hafta Botsvanadagi konlardan birida topilgan, kattaligi bo‘yicha tarixda ikkinchi o‘rinda turadigan 1111 karatli olmos Lucara Diamond Corp. operator kompaniyasi tomonidan 60 million dollardan ziyodga baholandi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Lucara Diamond bosh direktori Uilyam Lem so‘zlariga ko‘ra, olmosning qiymati bozor narxining eng pastki chegarasi — 60 million dollardan ancha baland bo‘lishi kerak. U summaga aniqlik kiritishdan bosh tortdi.
Kompaniya hali o‘z ismiga ega bo‘lib ulgurmagan olmosni 40 million dollarga sotish taklifini rad etdi. Lem shoshish kerak emas, deb hisoblashini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, London tabiatshunoslik muzeyi olmosdan bosh eksponat sifatida foydalanib, ko‘rgazma o‘tkazmoqchi, Discovery kanali esa noyob topilma haqida hujjatli film ishlash istagida.
Izoh (0)