AQSh prezidenti Barak Obama Ukrainaga 300 million dollar yordam ajratish ko‘zda tutilgan Pentagonning 2016-yilgi budjetini imzoladi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar beradi.
“AQSh prezidenti Barak Obama Kongress tomonidan ma’qullangan milliy mudofaa ehtiyojlari uchun AQShning 2016-yilgi budjetini imzoladi”, — deb yozdi Ukrainaning AQShdagi elchisi Valeriy Chaliy Facebook’dagi sahifasida.
Bunda AQSh yordami umumiy hajmidan 50 million dollari Ukrainani mudofaa qurollari bilan ta’minlash uchun foydalanilishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, Obama budjetning avvalgi versiyasiga veto qo‘ygan edi. Bu safargi budjet smetasi besh milliard dollarga qisqartirilgan bo‘lishiga qaramasdan, undagi Ukrainaga harbiy yordam summasi o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Izoh (0)