Suriya armiyasi Bayrutdagi teraktlarga aloqador jangarini yo‘q qildi. Bu haqda Livanning “Al-Manar” telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hozircha mazkur jangari qaysi terrorchilik guruhiga mansub bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan. Oldinroq Bayrutdagi teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgani haqida xabar bergandik.
Eslatib o‘tamiz, Livan poytaxtida sodir etilgan terakt oqibatida 43 kishi qurbon bo‘lgan, 240 nafar kishi jarohatlangan.
Izoh (0)