Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘lu rasmiy Anqara Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotiga uyushtirilgan hujum uchun Moskvadan uzr so‘ramasligini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“O‘zimiz haq bo‘lgan vaziyatda uzr so‘rashga hojat yo‘q”, — dedi Chavusho‘g‘lu.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26-noyabr kuni Turkiyaning harakatlarini “hamkor va terrorchilikka qarshi kurashda ittifoqchi sifatida ko‘rilganlar tomonidan orqadan xiyonatkorona berilgan zarba” deb atadi.
“Biz Turkiyaning oliy siyosiy tabaqalari amalga oshirilgan mazkur jinoyat uchun kechirim so‘raganliklarini, yetkazilgan ziyon va zararni qoplab berish takliflarini, jinoyatchilarni jazolash haqidagi va’dalarini hali ham eshitganimiz yo‘q. Turkiya rahbariyati Rossiya—Turkiya munosabatlarini ongli ravishda boshi berk ko‘chaga olib kiryapti, degan tasavvur paydo bo‘lmoqda, biz bundan afsusdamiz”, — dedi Putin.
Voqea: Turkiya urib tushirgan Su-24
Izoh (0)