Ukraina rasmiylarining Rossiya samolyotlari tranzit parvozini taqiqlash to‘g‘risidagi qarori shunga yarasha javobsiz qolmaydi. Bu haqda ma’lum qilgan Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday qarorlarni qabul qilish Rosaviatsiya vakolatiga kirishini eslatib o‘tdi, deya xabar beradi Meduza.
25-noyabr kuni Ukraina hukumati Rossiya samolyotlari uchun havo hududini to‘liq yopishga qaror qildi. Bundan oldinroq, 25-oktabrdan boshlab Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar to‘xtatilgandi.
26-noyabr holatiga ko‘ra rus samolyotlari Kishinyovdan Moskvaga uchish uchun Ruminiya, Vengriya, Slovakiya, Polsha va Belarus havo hududlariga kirib chiqmoqda.
Izoh (0)