Rossiya Bosh shtabi operativ boshqarmasi rahbari Sergey Rudskoy Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirgan Turkiya qiruvchi samolyoti Suriya havo hududini buzganligini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Rudskoyning “obyektiv nazoratning aniq ma’lumotlari” va Suriya havo mudofaasi ma’lumotlariga tayanib ma’lum qilishicha, Rossiya samolyoti havo chegarasini kesib o‘tmagan.
“Obyektiv nazorat vositalari tomonidan Turkiya samolyotining ekipajimiz bilan aloqa o‘rnatish yoki bog‘lanishga hech qanday urinishi qayd etilmagan”, — dedi Rudskoy.
Izoh (0)