Rossiya mudofaa vazirligi Turkiyaning mamlakatdagi harbiy attashesini chaqirtirib, Turkiya harbiy-havo kuchlarining harakatlariga nisbatan rasman norozilik bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Bugun terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha jangovar vazifani bajarayotgan Rossiya samolyoti Turkiya HHK tomonidan urib tushirilgan. Rossiya samolyoti turk chegarasini buzmagan va faqat Suriya hududidagi manzillarni nishonga olib harakat qilgan”, — deyiladi vazirlik saytida joylashtirilgan xabarda.
Ayni paytda Rossiya mudofaa vazirligi bunday hodisalarga tegishli munosabat bildirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga Turkiyaga borishni tavsiya etmasligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Izoh (0)