Fransiyaning Lill shahri yaqinidagi Rube shahrida politsiya maxsus operatsiya o‘tkazmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum kimsalar bir necha kishini garovga olgan bo‘lishi mumkin. Voqea joyida huquq-tartibor organlari xodimlari ish olib bormoqda.
Bir necha kishi yaralangan. Guvohlar avtomatdan o‘q uzilganini eshitgan. Hodisa o‘g‘rilikdan keyin sodir bo‘lganligi haqida taxmin bor.
Politsiyadagi manba noma’lum kimsalar bank direktori va uning oilasini garovga olgan bo‘lishi mumkinligini xabar bergan.
Izoh (0)