Politsiya manbalari ma’lumotiga ko‘ra, ikki erkak Belgiya chegarasidan 2 km masofada joylashgan Rube shahrida o‘g‘rilik sodir etgandan keyin bir necha kishini garovga olgan, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
Rubega RAID maxsus otryadi, prefekt, mer va prokuror yetib keldi, kvartal berkitib qo‘yildi. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, o‘g‘rilikda gumon qilinayotgan ikki gumonlanuvchi huquq-tartibot organi xodimlariga qarata o‘q uzgan.
Reuters manbalari ushbu hodisa terrorchilik faoliyati bilan bog‘liq emasligini ma’lum qildi.
Oldinroq noma’lum kimsalar Fransiya shimolida bir necha kishini garovga olgani xabar berilgandi.
Izoh (0)