Liviya poytaxtidan sharqda joylashgan nazorat punktida minalashtirilgan avtomobilning portlab ketishi natijasida besh kishi halok bo‘ldi, 16 kishi jarohatlandi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ayni vaqtda hududda harakat olib borayotgan birorta muxolifat guruhi ushbu voqeani o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, qurolli nizolar oqibatida Muammar Kaddafiy o‘ldirilgan 2011-yildan beri Liviyada o‘tkir inqiroz davri kuzatib kelinmoqda.
Izoh (0)