Turkiya Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirgani munosabati bilan NATO favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Meduza xabariga ko‘ra, yig‘ilish Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanishi nazarda tutilgan.
Suriyadagi operatsiyada qatnashayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti 24-noyabr kuni ertalab urib tushirildi. Rossiya ma’muriyati samolyoti yerdan urib tushirilganini aytmoqda, Turkiya tomoni esa samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib o‘tganidan so‘ng qiruvchi tomonidan o‘qqa tutilganini ta’kidlamoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Su-24 Turkiya hududiga kirmagan. Samolyot Suriya hududiga qulagan.
Samolyotning har ikkala uchuvchisi taqdiri haqida rasman axborot berilmayapti. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan biri halok bo‘lgan, ikkinchisi esa Suriyaning turkman qabilalari yashovchi hududiga tushgan.
Voqea: Turkiya urib tushirgan Su-24
Izoh (0)