Fransiyaning “Sharl de Goll” aviatashuvchisi Rossiya Harbiy-dengiz floti kemalari bilan aloqa o‘rnatdi, deb xabar beradi “RBK”.
“Sharl de Goll” aviatashuvchisi IShIDga qarshi kurashish uchun Yaqin Sharqqa yo‘naltirilgan Fransiya Harbiy-dengiz kuchlariga yetakchilik qilmoqda.
Europe1 radiostansiyasining ma’lum qilishicha, Rossiya kemalari fransuz aviatashuvchisi bilan harakatlarini hozircha muvofiqlashtirgani yo‘q. Hozir kemalar faqat navigatsiya masalasida aloqa qilmoqda.
Fransiyaning “Sharl de Goll” aviatashuvchisi 22-noyabr kuni tunda Sharqiy O‘rtayer dengiziga yetib keldi. Fransiya Mudofaa vazirligi rahbari Jan-Iv Le Drianning so‘zlariga qaraganda, aviatashuvchi 23-noyabr, dushanbadan IShIDga qarshi harakatlarini boshlashga tayyor bo‘ladi.
Izoh (0)