KXDR rasmiylari Janubiy Koreya Sariq dengizning mamlakatga qarashli hududiga qarata o‘t ochsa, “shafqatsizlik bilan o‘ch olinishi”ni ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mazkur bayonot Yonpxyondo oroli atrofida sodir bo‘lgan hodisaning besh yilligi arafasida e’lon qilindi. 2010-yil 23-noyabrda Sariq dengizda Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasida artilleriya otishmasi sodir bo‘lgan.
KXDR harbiylari vakilining ta’kidlashicha, Janubiy Koreya dengizning KXDRga qarashli hududida “yana hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda”.
Izoh (0)