Vena shifoxonasida 19 yoshli Aleksandr Xojyaning vafotidan so‘ng, Ruminiya poytaxtidagi tungi klubda yuz bergan yong‘in qurbonlari soni 60 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining jurnalistlarga ma’lum qilishicha, hozirgi paytda Niderlandiya, Norvegiya, Shveysariya, Avstriya, Belgiya, Germaniya va Isroil shifoxonalaridagi 28 nafar jabrlanganning ahvoli og‘ir ekanligi qayd etilmoqda.
Buxarest shifoxonalarida esa hozirda 40 nafar jabrlangan bo‘lib, ulardan o‘n nafarining ahvoli o‘ta og‘ir ekanligi ma’lum qilingan.
30-oktabr kuni yuz bergan yong‘indan jabrlangan 200 kishi kasalxonalarga yotqizilgan edi. Shundan buyon qurbonlarning soni to‘xtamasdan, o‘sib bormoqda.
Izoh (0)