Myanma shimolidagi Kachin shtatining tog‘li hududida sodir bo‘lgan katta ko‘lamdagi ko‘chki qurbonlari soni 90 kishiga yetdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“21-noyabrda 79, 22-noyabr kuni esa 11, jami 90 kishining jasadi topildi”, deya ma’lum qilgan mahalliy ma’muriyat vakili Nilar Min. Qidiruv amaliyotlari yakuniga yetgani yo‘q, qutqaruvchilar jasadlarni topishda davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ko‘chki nefrit qazib olinadigan kon yaqinida yuz bergan. Mahalliy konchilarning o‘nlab uylari ko‘chki ostida qolib, vayron bo‘lgan.
Izoh (0)