Rossiyaga qarshi sanksiyalar 6 oyga uzaytiriladi. Bu haqda Turkiyada bo‘lib o‘tgan “yigirmatalik” sammiti chog‘ida AQSh va G‘arbiy Yevropaning bir qator davlatlari yetakchilari kelishib oldi, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.
Channel NewsAsia internet-portali manbalariga ko‘ra, Ukrainada 2016-yili bo‘lib o‘tadigan saylovlarda kerakli natijalarga erishish istagi cheklovchi choralar uzaytirilishida asosiy omil bo‘lgan. Shuningdek, sanksiyalar Minsk kelishuvlari to‘liq bajarilgunga qadar kuchda qolishi lozimligi ta’kidlangan.
Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kelgusi yil yanvar oyida yakuniga yetishi kerak edi.
Izoh (0)