AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda tashkil etilgan Sharqiy Osiyo sammiti (ShOS)da qatnashayotgan mamlakatlar majlisi boshlanishi arafasida bir-biriga qo‘l berib ko‘rishdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
ShOS hozirgi vaqtda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN)ning to‘qqiz a’zosi va uning muloqot bo‘yicha hamkorlari — Avstraliya, AQSh, Janubiy Koreya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Yaponiya va Yangi Zelandiyani birlashtirgan.
Sammitda siyosiy arboblar jahon va mintaqa siyosatining muhim masalalarini ko‘rib chiqishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)