Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasiga tegishli Airbus A330 samolyoti portlash xavfi sabab Galifaks shahri aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda, Flightradar24’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Layner Nyu-Yorkdan Istanbulga uchib ketayotgan edi. Qayd etishlaricha, qo‘nish muvaffaqiyatli amalga oshgan, yo‘lovchilarga jabr yetmagan.
Hodisa joyiga mahalliy ma’muriyat vakillari va qutqaruv xizmatlari yetib kelgan.
Avvalroq Air France aviakompaniyasining Parijdan San-Fransiskoga uchayotgan Boeing 777-200 layneri, aeroportga qaytish arafasida, La-Mansh bo‘g‘ozi ustida g‘alati burilishni amalga oshirgani ma’lum bo‘lgandi.
Radarlarda Fransiya aviatashuvchisining samolyoti, Parijdagi Sharl-de-Goll aeroportiga qaytishdan avval, bo‘g‘oz ustida U harfi ko‘rinishida burilishni amalga oshirgani qayd etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, layner uchuvchisi hech qanday favqulodda holat haqida xabar bermagan va samolyot havoga ko‘tarilganidan 30 daqiqa o‘tib, uni muvaffaqiyatli qo‘ndirgan.
Izoh (0)