AQSh Davlat departamenti ogohlantirishicha, Rimdagi Avliyo Pyotr sobori, Milan sobori va La Skala opera teatri, shuningdek, sinagoglar, cherkovlar, restoranlar, teatrlar va mehmonxonalar kabi boshqa jamoatchilik joylari Italiyaning ushbu ikki shahrida terrorchilik hujumlari uchun “potensial nishonlar” bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
AQShning Rimdagi elchixonasi 19-noyabr, payshanba kuni ertalab “AQSh fuqarolari xavfsizligi haqidagi xabar”ni tarqatdi, unda “terrorchilik guruhlari yaqinda Parijda amalga oshirilgan hujumlardagi kabi uslublardan foydalanishi mumkin”ligi qayd etiladi.
Xat matnida ta’kidlanishicha, “Italiya hukumati ushbu xavflardan xabardor”.
Bir necha soat avvalroq Italiya davlat telekanali Federal qidiruv byurosi Italiya hukumatiga teraktlar uchun ehtimoliy nishonlar to‘g‘risidagi axborotni jo‘natganini xabar qilgan edi.
Izoh (0)