Bosniya va Gersegovina poytaxti Sarayevo yaqinida ikki askarni otib o‘ldirgan erkak politsiyaning maxsus operatsiyasi chog‘ida halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mamlakat xavfsizlik vaziri Dragan Mektich erkak o‘z joniga qasd qilganini tasdiqladi. Ichki ishlar vaziri Dragan Lukich esa hodisa o‘rganilayotgani, terrorchilik haqida gapirishning hozircha mavridi emasligini ta’kidlagan.
Sarayevo yaqinida noma’lum kimsa o‘yin klubi binosida avtomatik qurol bilan ikki askarni otib o‘ldirgan, shundan so‘ng avtobusga qarata o‘q uzgan. Avtobus atrofida bo‘lgan yana bir askar yaralangan, uning ichidagi haydovchi va ikki yo‘lovchi ham jabrlangan.
Bosniya va Gersegovina hukumati mazkur hodisa yuzasidan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi.
Izoh (0)