Krasnoyarskda (Rossiya) nafaqadagi keksa kishi poliklinika binosida hayotdan ko‘z yumgani yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Shahar huquq-tartibot idoradaridagi manbaning ma’lum qilishicha, fojia 17-noyabr, seshanba kuni ro‘y bergan. “66 yoshli erkak poliklinika garderobida navbatda turgan, buyumlarini topshirgan va yiqilgan. Uni o‘ziga keltirishga bo‘lgan urinishlar behuda ketdi”, — deya ta’kidlagan mazkur manba.
Izoh (0)