Fransiya bosh vaziri Manuel Vals mamlakatdagi favqulodda holat rejimi yana uch oyga uzaytirilishini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Favqulodda holat Parijdagi ketma-ket teraktlardan so‘ng joriy qilingan edi. Rejim muddatini uzaytirishni prezident Fransua Olland 15-noyabr kuni parlamentdagi nutqi chog‘ida taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, Parijda 13-noyabr, juma kuni teraktlar ketma-ketligi yuz berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘poruvchilik harakatlari oqibatida 129 kishi halok bo‘lgan, 352 kishi yaralangan. Fransiya prezidenti Fransua Olland mamlakatda favqulodda holat tartibini joriy etgan, mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilingan edi.
- Voqea:Parijdagi teraktlar
Izoh (0)