AQSh prezidenti Barak Obama Erondan neft sotib olishga qo‘yilgan cheklovni olib tashlovchi memorandumni imzoladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” Oq uy matbuot xizmatiga tayanib.
Obamaning ta’kidlashicha, uning ma’muriyati avvalroq Venada Eron yadro dasturi bo‘yicha qabul qilingan kelishuvga muvofiq Eron neftini sotib olishni boshqa taqiqlamaydi.
Nashr ta’kidlashicha, endi Eron bozorga sutkasiga yana 0,7— 1 million barrel neft chiqara oladi. Biroq neft shundoq ham mo‘l bo‘lib turgan bir paytda uning qo‘shimcha miqdorda paydo bo‘lishi, shuningdek, Eron tomonidan bo‘ladigan ehtimoliy demping (chet el bozorlarida molni arzon sotish) narxlarni tushirib yuborishi mumkin.
Eronga nisbatan neft sanksiyalari 2012-yildan amal qila boshlagan, o‘shanda Eron AQSh va Buyuk Britaniyaga neft sotishni to‘xtatgan edi. 2013-yilda neft Yevroittifoqning boshqa mamlakatlariga ham yetkazib berilmay qo‘ydi.
Izoh (0)