Parijdagi teraktlar tufayli qidiruvga berilgan Saloh Abdusalomning akasi Muhammad Bryusselda ayblov e’lon qilinmay qo‘yib yuborildi. Bu haqda RTL telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Muhammad Abdusalom 16-noyabr, dushanba kuni tongda ayblov e’lon qilinmay qo‘yib yuborilgan. Bu ma’lumot hozircha prokuratura tomonidan tasdiqlanmadi”, — deya ma’lum qilgan telekanal eksperti.
Ushbu ma’lumotni hibsga olinganning advokati Natali Gallan tasdiqladi. “Mijozim 36 soat ushlab turilib, so‘ng ayblov e’lon qilmay qo‘yib yuborishdi. Bu esa uning hech qanday aybi yo‘qligini anglatadi. Muhammad oilali, uning ikki nafar farzandi bor. Garchi o‘zaro qarindoshlik xususidagi ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa-da, Muhammad odatiy hayot tarzini kechirgan”, — deya ta’kidlagan advokat.
Muhammad Abdusalom 14-noyabr, shanba kuni Bryusseldagi Molenbek kommunasida qo‘lga olingandi. Uning ukasi Saloh Fransiyada qidiruvga berilgan. Yana bir ukasi — Ibrohim esa Parijdagi teraktlar chog‘ida Volter xiyobonida o‘zini portlatib yuborgan.
Izoh (0)