“Chelsi” hujumchisi Nikolas Jekson yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. The Sun nashrining yozishicha, 25 yoshli senegallik futbolchi “Napoli” va “Milan” klublarining takliflarini rad etib, Angliya Premer Ligasida qolishni afzal ko‘rmoqda.

Hozirda unga asosiy da’vogar sifatida “Manchester Yunayted” ko‘rsatilmoqda. “Qizil iblislar” futbolchini qo‘lga kiritish uchun taxminan 80 million funt sterling (92 million yevro) to‘lashi kerak bo‘ladi. Klub hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida bir qator transferlarni amalga oshirgan. Jumladan, “Brentford”dan Brayan Mbeumo va “Vulverhempton”dan Mateus Kunya “Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzoladi. Jamoa bosh murabbiyi Rubin Amorim esa ushbu pozitsiyadagi raqobatni oshirish uchun Jeksonni ham xarid qilish tarafdori.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Nikolas Jekson “Chelsi” safida 37 o‘yinda maydonga tushib, 13 gol va 6 golli uzatmaga mualliflik qilgan. Biroq Liam Delapning kelishi va Joao Pedroning samarali o‘yini uning jamoadagi kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Jeksonning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2033-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholagan.
Izoh (0)