• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Qattiqqo‘l xonim 2” va boshqa afsonaviy filmlarning zamonaviy talqindagi versiyalari

    So‘nggi yillarda kino sanoatida eski filmlarning qayta talqin qilinishi asosiy yo‘nalishlardan biriga aylangan. “Qattiqqo‘l xonim 2” buning eng shov-shuvli misollaridan biri bo‘lib, muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Quyida sevimli filmlarni eslatib yuboradigan remeyklar, qayta ishga tushirilgan loyihalar va franshizalar davomi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz.

    “Qattiqqo‘l xonim 2”

    Foto: Europa plus
    Foto: Europa Plus

    Disney kompaniyasi tomonidan suratga olinayotgan filmda qat’iy va talabchan rahbar, bosh muharrir Miranda Pristli rolini o‘ynagan aktrisa Meril Strip va moda jurnali xodimi obrazini gavdalantirgan Emili Blant o‘z rollariga qaytadi.

    Taxminlarga ko‘ra, filmning keyingi qismida Podium jurnali muvaffaqiyatsiz kunlarni boshidan kechirishi haqida hikoya qilinadi. Uning bosh muharriri Miranda Pristli yirik lyuks brend bilan reklama shartnomasini imzolashni rejalashtiradi. Buning uchun u o‘zining sobiq yordamchisi, hozirda o‘sha brendda yetakchi lavozimni egallab turgan Emilidan yordam so‘raydi.

    Aktrisa Enn Hetuey o‘z roliga qaytish masalasi hozircha ochiq qolmoqda, biroq joriy yilning boshida u “Qattiqqo‘l xonim” filmining davomi suratga olinishi dargumon, degan fikrni bildirgandi. Filmning davomi bo‘yicha muzokaralar uning rejissyori Devid Frenkel tomonidan olib borilmoqda, ssenariy muallifi — Alin Brosh Makkenna. Kartinaning premyerasi 2026-yil 1-mayga mo‘ljallangan.

    “Garri Potter”

    Foto: Europa plus
    Foto: Europa Plus

    So‘nggi yillardagi eng shov-shuvli restart — HBO tomonidan tayyorlanayotgan “Garri Potter” serialidir. Bu loyiha ilk bor 2023-yilda e’lon qilingan va hozirda aktyorlar tarkibi ustida ish olib borilmoqda. Yangi serial mashhur sehrgar haqidagi filmlar syujeti asosida quriladi. Suratga olish ishlari bilan “Taxtlar o‘yini” serialini taqdim etgan HBO kompaniyasi shug‘ullanadi. Shou yettita kitob asosida suratga olinib, yetti mavsumdan iborat bo‘ladi.

    “Fantastik to‘rtlik: ilk qadamlar”

    Foto: Europa plus
    Foto: Europa Plus

    Bu superqahramonlar jamoasi 2005- va 2015-yillarda ikki marta qayta ekranlashtirilgan. Birinchi versiyada Yong‘in odam rolida Kris Evans bo‘lgan, ikkinchisida esa janob Fantastik obrazini Maylz Teller ijro etgan. 2025-yil 23-iyulda Marvel tomonidan taqdim etiladigan navbatdagi remeykda bosh rollarni Pedro Paskal, Vanessa Kirbi, Jozef Kvinn va Ebon Moss-Baxrax ijro etadi.

    “Supermen”

    Foto: Europa plus
    Foto: Europa Plus

    2025-yil 11-iyul kuni katta ekranlarda namoyish etilgan “Supermen” filmi DC Studios tomonidan taqdim etildi. Unda Supermen endigina o‘z missiyasini anglayotgan yosh qahramon sifatida tasvirlandi. Bu galgi hikoya odatdagidek Kryptondan Yerga kelish bilan boshlanmaydi, balki qahramonning allaqachon insonlar orasida yashab, o‘z o‘rnini izlayotgan pallasi ko‘rsatiladi.

    Film tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. U 400 million dollardan ortiq daromad keltirdi va DC olamining yangi bosqichiga ishonchli kirish sifatida baholandi. Ayniqsa, bosh qahramon obrazining yangi avlodga mos talqini ko‘pchilikni o‘ziga tortdi.

    Yana bir qiziqarli jihat, “Supermen” namoyishidan so‘ng tomoshabinlar orasida bosh qahramonning iti Kriptoga bo‘lgan qiziqish ortib, itlarni boqib olish bo‘yicha murojaatlar soni keskin oshdi.

    “Qarg‘a”

    Foto: Europa plus
    Foto: Europa plus

    2024-yilda chiqqan “Qarg‘a” filmi tanqidchilar e’tiboridan chetda qolmadi. Ular bu filmni 1994-yilgi kult ekran adaptatsiyasi va unda bosh rolni ijro etib, suratga olish vaqtida vafot etgan aktyor Brendon Lining xotirasiga hurmatsizlik deb hisoblashdi. Shunga qaramay, film namoyish etildi. Unda bosh rolni Bill Skarsgard o‘ynadi.

    “Qarg‘a” filmi Jan O’Barrning grafik romaniga asoslangan, 1994-yildagi afsonaviy adaptatsiyaning zamonaviy talqini bo‘lib, Ruport Sanders rejissyorligi ostida suratga olingan yangi versiyadir. Unda aktyor Bill Skarsgard bosh rolni ijro etdi — u qasos olish uchun tirilgan musiqachi Erik Dreven rolida namoyon bo‘ldi.

    “Vonka”

    Foto: Europa plus
    Foto: Europa plus

    Barchaga ma’lum: Villi Vonka dunyodagi eng mazali shokoladni ishlab chiqaradi. Ammo u qanday qilib o‘z fabrikasini ochishga erishdi? Bu haqda 2024-yilda chiqqan “Vonka” filmi hikoya qiladi. Bu safar bosh rolni Timoti Shalame ijro etdi.

    “Vonka” filmi mashhur shokolad fabrikasi asoschisi Villi Vonkaning yoshlik yillarini hikoya qiladi. Kartina avvalgi hikoyaning davomi emas, balki undan oldingi voqealarni, ya’ni Vonka qanday qilib orzusidagi shokolad fabrikasini ochishga qaror qilgani haqida hikoya qiladi.

    Bosh rolni taniqli aktyor Timoti Shalame ijro etgan. U yosh va orzuga to‘la Villi Vonka obrazini samimiy va ishonarli ko‘rsatgan. Filmda g‘aroyib qahramon Umpa-Lumpa obrazini mashhur britaniyalik aktyor Hyu Grant ijro etgan.

    22 iyul, 12:49   Izoh (0)   932
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Kino

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Mask robot ofitsiantlar va o‘z kinoteatriga ega futuristik restoranni ishga tushirdi (foto, video)

    Dunyo | 22 iyul, 19:11

    Jazoir prezidenti mamlakat eksportiga qo‘llangan AQSH bojlarini qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 22 iyul, 19:00

    “Barselona”ning Gamper kubogidagi raqibi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 22 iyul, 18:58

    IIBB tungi klubda mijoz menejerga “xlopushka” otgani yuzasidan munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 18:55

    “Kalmar o‘yini”dan qolishmaydi: syujeti shafqatsiz o‘yinlar va xavfli sinovlardan iborat koreys seriallari

    Kino | 22 iyul, 18:50

    Milan meri Olimpiada obyektlari qurilishida korrupsiyaga aloqadorlikda gumonlanmoqda

    Dunyo | 22 iyul, 18:45

    Ayollar uchun ofisda ishlamay ham ko‘proq pul topish mumkin bo‘lgan 7 kasb

    Layfstayl | 22 iyul, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.