Avstraliyadagi Oltin sohilda fanda Moviy ajdar nomi bilan ma’lum bo‘lgan noyob dengiz jonzotini topib olishdi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, to‘lqin qirg‘oqqa irg‘itgan mavjudot go‘yo elektr toki ishlab chiqarayotgandek, unga qo‘l tekkizilsa, tok urishi mumkindek ko‘ringan. Mutaxassislar yetib kelgunicha unga tegishmagan.
Ma’lum bo‘lishicha, “elektr toki” Moviy ajdar uchun maskirovka tizimi hisoblanadi. U odamni tishlashi va 3—4 sm uzunlikda iz qoldirishi mumkin, bu xavfli bo‘lmasa-da, og‘riq beradi.
Izoh (0)