O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Silk Road Insurance aksiyadorlik jamiyati sug‘urta kompaniyasining litsenziyasi amal qilishini tugatdi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida xabar berildi.
“Silk Road Insurance aksiyadorlik jamiyati sug‘urta kompaniyasining arizaga asosan unga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan 2014-yil 25-iyuldagi seriyasi SF 00195-raqamli litsenziyaning amal qilishi 2015-yil 3-noyabrdan tugatildi”, — deyiladi xabarda.
“Anons” yozishicha, ushbu kompaniya endi investitsiyaviy faoliyat bilan shug‘ullanmoqchi.
Izoh (0)