O‘zbekiston Markaziy banki 2015-yil 17-noyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2721 so‘m 12 tiyin etib belgilandi. Bu 10-noyabrdagi kursga nisbatan 14 so‘m 53 tiyinga yuqori. Qayd etish joiz, O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket yettinchi hafta kamida 14 so‘mga qimmatlamoqda. Bungacha kurs 4—6 so‘m atrofida yuqorilab borayotgan edi.
Shuningdek, 17-noyabrdan e’tiboran 1 yevro qiymati 2931 so‘m 74 tiyin (10-noyabrdagi kursga nisbatan 33 so‘m 85 tiyin arzon), 1 Rossiya rubli esa 40 so‘m 84 tiyin (10-noyabrdagi kursga nisbatan 1 so‘m 66 tiyin arzon) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh (0)