Parijda ro‘y bergan teraktlar chog‘ida Silvester ismli yigitning hayotini smartfoni asrab qoldi. Bu haqda “Mail.ru” xabar bermoqda.
Yigit telefonda gaplashayotgan payt portlash sodir bo‘lgan. Bu uning hayotidagi eng muhim tasodif edi: smartfon egasining boshiga tegishi aniq bo‘lgan portlovchi modda parchasi qurilmaga borib tegdi. “Smartfon hayotimni saqlab qoldi. Agar u bo‘lmaganida, boshim majaqlanib ketardi”, — deydi Silvester. Garchi bu qanday smartfon ekanligi ma’lum qilinmagan bo‘lsa-da, videolavhani sinchiklab ko‘rganda, uning Samsung Galaxy S6 edge ekanligini payqash qiyin emas.
Bu gajetlar o‘z egasini asrab qolishi bilan bog‘liq ilk hodisa emas. Oldinroq politsiyachi hayotini saqlab qolgan Samsung GALAXY Note 2, egasini o‘qdan asragan iPhone 5c haqidagi xabarlar e’lon qilingandi. Nokia Lumia 920 esa Xitoy fuqarosini beton devor qulaganda omon qolishiga yordam bergan.
Izoh (0)