Twitter’dagi tahdiddan keyin Fransiya samolyotini Amsterdamda shoshilinch ravishda tekshirishmoqda
Twitter’dagi tahdiddan keyin Parijga uchishi kerak bo‘lgan Fransiya samolyotini Amsterdamda shoshilinch ravishda tekshiruvdan o‘tkazishmoqda. Reuters agentligining xabar qilishicha, Air France aviakompaniyasiga tegishli samolyotdan barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Parijda 13-noyabr kuni ro‘y bergan turkum teraktlar natijasida kamida 128 kishi halok bo‘lgan. Shahar politsiyasi sakkiz nafar terrorchi o‘lgani haqida ma’lumotga ega. Fransiya poytaxtida favqulodda holat e’lon qilingan. Fransiya prezidenti Fransua Ollandning so‘zlariga ko‘ra, teraktlarni IShID terrorchilik guruhi amalga oshirgan.
Izoh (0)