Nyu-Yorkdagi Sotheby’s kimoshdi savdosida Xitoy kommunistlari yetakchisi Mao Szedunning amerikalik rassom Endi Uorxol tomonidan ishlangan portreti 47,5 million dollarga sotildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar beradi.
Kartina 1972-yilda ishlangan bo‘lib, u moviy fonda to‘q ko‘k frenchda tasvirlangan. Yuzining chap tomoni sariq rangga, lablari esa yorqin pushti rangga bo‘yalgan.
Ekspertlar portretni 40 million dollarga baholagan edi.
Izoh (0)