11-noyabr, chorshanba kuni Ukraina havo kuchlarining Su-25 samolyoti rejali o‘quv mashg‘uloti chog‘ida halokatga uchradi. Buning oqibatida uni boshqargan uchuvchi nobud bo‘lgan. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Zaporojye va Dnepropetrovsk viloyatlari chegarasidagi Ternovka qishlog‘iga qulagan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yozishicha, samolyot qismlarga bo‘linib ketgan, biroq yonmagan. Uning bo‘laklari Simferopol trassasiga sochilib ketgan, korpusining asosiy qismi esa jarlikka tushgan.
Izoh (0)