Alan Miln hikoyalaridagi o‘yinchoq ayiqcha Vinni-Puxning prototipi kanadalik urg‘ochi ayiq bo‘lgan. Bu haqda Britaniyaning The Independent gazetasiga tayanib, “Afisha-Vozdux” xabar bermoqda.
Maqola Lindsi Mettikning yangi “Vinnini qidirib” kitobiga asoslangan, kitob esa personajning kelib chiqish tarixi haqida so‘zlaydi.
Unda keltirilishicha, 1914-yilda kichkina urg‘ochi qora ayiq kanadalik veterinar Garri Kolbern tomonidan qutqariladi, u ayiqchaga ona shahri sharafiga Vinnipeg (qisqartmasi — Vinni) deb ism qo‘yadi va London hayvonot bog‘iga jo‘natadi. U yerda esa ayiq bilan yozuvchining o‘g‘li Kristofer Robin tanishib qoladi. Bola u bilan inoqlashib qoladi va o‘zining o‘yinchoq ayig‘ini uning nomi bilan ataydi. Mettik esa o‘sha xaloskor veterinarning evarasidir.
Ushbu qiziqarli fakt avvaldan ma’lum bo‘lgan, biroq yangi kitobning chop etilishi bilan XX asr bolalar adabiyotidagi eng mashhur qahramonlardan birining biografiyasiga qiziqish uyg‘ongan ko‘rinadi.