Britaniyaning The Daily Mail nashri National Geographic Photo Contest 2015 tanlovi yarim finalchilarining eng yaxshi fotosuratlarini chop etdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Namoyish etilgan suratlarning bari sayohat, tabiat va odamlar mavzusidagi rangli fotosuratlar yo‘nalishida g‘oliblikka da’vogar sanaladi.
National Geographic tomonidan o‘tkazilayotgan tanlov g‘olibi nomi 16-noyabr kuni e’lon qilinadi. Finalchilarga rag‘batlantiruvchi mukofotlar, g‘olib fotosuratchiga esa 10 ming dollar miqdorida grant va National Geographic’ning Vashingtondagi bosh qarorgohiga sayohat yo‘llanmasi taqdim etiladi.
Bundan tashqari, tanlovda birinchi o‘rinni egallagan fotosurat National Geographic jurnalining maxsus sonida chop etiladi.