Hindistonning Tamilnad shtatida so‘nggi ikki kun davomida salkam 20 kishi jala va suv toshqinlari qurboni bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Halok bo‘lganlarning aksariyati — 15 kishi Kuddalor shahrida yuz bergan toshqinda cho‘kib ketgan. Qolganlar shtatning boshqa shaharlaridagi kuchli yomg‘irlar tufayli qulagan imoratlar ostida qolgan.
Shtat hukumati nobud bo‘lganlarning oilasiga 760 ming rupiy (11,4 ming dollar) to‘lab berishni va’da qildi.
Izoh (0)